Viloyatda viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 96-sonli qarorini
2016 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan bajarilishi to’g’risida
MA’LUMOT
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi PQ-2458-sonli qarori asosida viloyat hokimining 2016 yil 5 martdagi “Namangan viloyatining 2016 yil Hududiy investitsiya dasturi to’g’risida”gi 96-sonli qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga asosan markazlashgan investitsiyalar hisobidan 16,8 mlrd.so’m, nomarkazlashgan investitsiyalar hisobidan 564,2 mlrd.so’m jami 581,0 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.
Jumladan, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet, korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 240,9 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 189,8 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 49,9 mlrd.so’m hajmida investitsiya jalb etilishi ko’zda tutilgan.
Mazkur qarorga asosan, sanoatni rivojlantirish bo’yicha 77 ta, qishloq xo’jaligini rivojlantirish sohasida 451 ta, xizmat va servisni rivojlantirish sohasida 621 ta, ijtimoiy soha hamda boshqa soha ob’ektlarini rivojlantirish borasida 30 ta, jami 1179 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu ishlar natijasida 8578 nafar ish o’rinlari yaratilishi belgilangan.
2016 yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 21,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 14,5 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 7,1 mlrd.so’m hamda boshqa manbalar hisobidan 16,1 mlrd.so’m jami 59,3 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizga o’sishi ta’minlandi.
O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 29 ta sanoat, 105 ta xizmat ko’rsatish va servis va 60 ta qishloq xo’jaligi, jami 194 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.
Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-chorak yakuni bilan 105 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 8,8 mlrd.so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 482 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.
Hisobot davri yakuni bilan 29 ta ishlab chiqarish ob’ektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 7,8 mlrd.so’m (3,8 mlrd.so’m o’z mablag’i, 4,0 mlrd.so’m bank kreditimablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 311 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Jumladan, Namangan shahrida 21 ta, Mingbuloq tumanida 2 ta, Pop tumanida 1 ta, Uychi tumanida 3 ta, Uchqo’rg’on tumanida 1 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.
Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 60 ta loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 2,8 mlrd.so’m (2,4 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 0,4 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 172 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.
Bundan tashqari, Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 15 ta loyihalar bo’yicha 17,3 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Xisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 2,4 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.
Jumladan, Chortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda 2,2 mln.dollar hamda qo’shimcha loyiha hisobiga To’raqo’rg’on tumanidagi " PACKING INDUSTRIES " MCHJda 200,0 ming dollar, jami 2,4 mln.dollar miqdorida to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.