O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 25 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining 2016 yilgi Investitsiya dasturi to’g’risida»gi PQ-2458-sonli va shu asosida viloyat hokimining 31 dekabrdagi 402-sonli qarori to’g’risida

Mazkur qarorga asosan viloyatda 2016 yil davomida 2458,8 mlrd.so’mlik kapital qo’yilmalar shundan, 125,9 mlrd.so’m byudjet mablag’lari, 2,4 mlrd.so’m mahalliy byudjet mablag’lari, 216,6 mlrd.so’m byudjetdan tashqari fond mablag’lari, 722,4 mlrd.so’m hukumat kafolatidagi xorijiy investitsiya va kreditlari, 101,7 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasi RRQJ mablag’lari, 412,6 mlrd.so’m korxona va tashkilot mablag’lari, 250,3 mlrd.so’m bank krediti mablag’lari, 470,2 mlrd.so’m aholi va xususiy shaxslar mablag’lari hamda 156,7 mlrd.so’m to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi belgilangan.

Hisobot yakunida barcha manbalar hisobidan 348,0 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, o’tgan yilning shu davriga nisbatan 27,1 punktga ko’p jalb etilishi ta’minlandi.

Markazlashgan mablag’lar hisobidan 6 ta (1 ta rekonstruktsiya va 5 ta kapital ta’mirlash) kasb-hunar kollejlari, 1 ta (1 ta rekonstruktsiya) akademik litsey, 21 ta (18 ta rekonstruktsiya va 3 ta kapital ta’mirlash) umumta’lim maktablari hamda 11 ta sog’liqni saqlash ob’yektlari hamda yangi qurilish va rekonstruktsiya qilish hisobiga foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

2016 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan markazlashgan mablag’lar hisobidan sog’liqni saqlash sohasi bo’yicha rekonstruktsiya hisobiga 11 ta (6,5 mlrd.so’m) sog’liqni saqlash muassasalari, rekonstruktsiya hisobiga 1 ta, kapital ta’mirlash hisobiga 5 ta jami 6 ta (2,4 mlrd.so’m) kasb-hunar kollejlari, rekonstruktsiya hisobiga 1 ta (0,2 mlrd.so’m) akademik litsey, rekonstruktsiya hisobiga 15 ta va kapital ta’mirlash hisobiga 3 ta jami 18 ta (6,8 mlrd.so’m) umumta’lim maktablarida 15,9 mlrd so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi va bu maqsadlar uchun jami 16,6 mlrd.so’m mablag’ o’zlashtirildi.

Bundan tashqari, viloyatda «Bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasi» hisobidan jami 17 ta jumladan, 13 ta maktablar uchun sport zal qurish hamda 2 ta Bolalar va o’smirlar sport maktabi va 2 ta bolalar musiqa va san’at maktabini rekonstruktsiya ishlari olib borilmoqda.

SHu bilan birga, viloyatda qishloq xo’jaligi maydonlarida sug’oriladigan yerlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi hisobidan yangi qurilish va rekonstruktsiya hisobidan 7 ta tik drenaj meliorativ quduqlarni shu bilan birga 6 km ob’yektlarda kollektor va drenaj tarmoqlarini rekonstruktsiya qilish va bu maqsadlarga 1640 mln.so’m miqdorida mablag’lar sarflanishi ishlari rejalashtirilgan.

2016 yil yanvar-mart oylari yakuni bilan ob’yektlarda 265,4 mln.so’mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shu bilan birga, muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan yirik loyihalardan uzunligi 122,7 km bo’lgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi ob’yektida juda katta hajmdagi qurilish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, loyiha bo’yicha 169,1 mlrd.so’m miqdorida investitsiya o’zlashtirilib, 168,0 mlrd.so’mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Ob’yektda o’zlashtirilgan mablag’lardan 0,2 mlrd.so’m byudjet, 25,4 mlrd.so’m “O’zbekiston Temir yo’llari” DAK o’z mablag’lari, Davlat kafolati ostidagi xorijiy investitsiyalar 133,8 mlrd.so’m hamda 9,7 mlrd.so’m O’zbekiston Respublikasini Rivojlantirish jamg’armasi hisobiga to’g’ri keldi.

To’raqo’rg’on tumanidagi 450 MVt quvvatidagi 2 ta blok jami 900 MVt quvvatidagi yangi issiqlik elektr stantsiyasi qurilishida “O’zbekenergo” DAK o’z mablag’lari hisobidan 1,3 mlrd.so’m miqdorida investitsiya hamda hukumat kafolati ostida 1,2 mlrd.so’m (410 ming AQSH dollari) chet el krediti o’zlashtirilishi ta’minlandi. Bugungi kunda bosh pudratchi “SirdaryoIESqurilish” unitar korxonasi tomonidan 1 va 2 kirish avtomobil yo’llari, 2 ta mashinaga mo’ljallangan yong’in xavfsizligi bo’limi, direktsiya uchun ma’muriy bino, xo’jalik ehtiyoji uchun suv tarmog’i qurilishi, 2 ta ko’p qavatli turar-joy binolari qurilishi, 150 o’rinli oshxona qurilish va tashqi aloqa tarmog’i tortish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, barcha manbalar hisobidan 155,3 ming kv.m. turar-joy, 30,4 km ichimlik suvi va 4,3 km tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi.

Viloyatda to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalar hisobidan 4 ta loyiha doirasida jumladan, Mingbuloq konida geologik qidiruv ishlarni olib borish va tajriba-sinov uglevodorod qazib olish (20,0 mln.doll.), "Art Soft Teks" MCHJ korxonasi negizida tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi to’qimachilik kompleksi tashkil etish (6,5 mln.doll.), "Nestle Uzbekiston" MCHJ qo’shma korxonasidaishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta jihozlash (0,5 mln.doll.) hamda Uchqo’rg’on tumanida to’qimachilik kompleksi tashkil etish (10,0 mln.doll.) loyihalariga jami 37,0 mln.doll. mablag’lar jalb etilishi rejalashtirilgan.

Hozirda mazkur loyihalar doirasi to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirish bo’yicha quyidagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan,

  1. Mingbuloq konida geologik qidiruv ishlarini olib borish va tajriba-sinov uglevodorod qazib olish loyihasi asosida 2016 yilda 20,0 mln.dollar xorijiy investitsiya o’zlashtirilishi rejlashtirilgan. Bugungi kunga kelib, mazkur loyiha bo’yicha investitsiya o’zlashtirilmadi. 2016 yilga belgilangan ishlar yuzasidan tashkiliy ishlar olib borildi. Ushbu loyiha bo’yicha O’zbekiston Respublikasi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar to’la bajarilishi ta’minlandi. Xitoy Xalq Respublikasi investorlari tomonidan loyihani moliyalashtirish masalasini hal etilishi yuzasidan ishlar olib borilmoqda.
  2. "Nestle Uzbekiston" MCHJ QK korxonasida ishlab chiqarishni modernizatsiya va texnik qayta jihozlash loyihasi bo’yicha 2016 yilda 0,5 mln.dollar xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish ko’zda tutilgan.

Bugungi kunda loyihani amalga oshirish bo’yicha xorijiy davlatlardan kam energiya sarf eadigan, bizda yetishtiriladigan sutni tarkibiga to’g’ri keladigan, ishlab chiqarish darajasi yuqori texnologiya sotuvchi xorijiy sotuvchi qidirilmoqda. Ishlab chiqarish texnologiyalarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish binosi tayyor xolatga keltirilgan.

  1. “Art Soft Teks” MCHJ negizida tayyor tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi to’qimachilik kompleksi tashkil etish loyihasi bo’yicha 2016 yilda 6,5 mln.dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda loyihani amalga oshirish bo’yicha Namangan viloyati hokimining qaroriga asosan 18,0 gektar yer maydoni ajratilgan bo’lib, hozirda qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ishlab chiqarish maydonida transformatorlar o’rnatildi. Loyihaning TIA va ishchi loyihasi hamda loyihani amalga oshirish tarmoq jadvali ishlab chiqildi. Tarmoq jadvaliga asosan horijiy xamkor Turkiyaning “Metot konstruktsion” kompaniyasining 12961,2 ming yevro to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiya hisobidan qurilish ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 11538,8 ming yevro ekvivalenti miqdoridagi AT Agrobank krediti hisobidan Yevropaning Germaniya va Shvetsariya davlatlaridan ishlab chiqarish texnologiyalari olib kelish rejalashtirilgan. Bugungi kunda ushbu davlatlar bilan asbob-uskunalar yetkazib berish bo’yicha shartnomalar tuzilgan.

Loyihani amalga oshirilishi natijasida yiliga 3,0 tonna kalava ip va 16,1 mln.komplekt sochiq maxsulotlari ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushirilib, 400 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi. Ishlab chiqarilgan maxsulotning 70 foizi esportga yo’naltiriladi.

  1. "Uzteks-Uchqo’rg’on" MCHJ QK korxonasi negizida to’qimachilik bo’yicha ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi bo’yicha 2016 yil davomida 10,0 mln.dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. 2016 yil 1-chorak yakuni bilan korxona tomonidan 1,0 mln.dollar miqdoridagi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.

Shuningdek, Hududiy investitsiya dasturiga asosan 2016 yilning yanvar-mart oylari yakuni bilan korxona va tashkilotlarning o’z mablag’lari hisobidan 21,6 mlrd.so’m, bank krediti mablag’lari hisobidan 14,5 mlrd.so’m, to’g’ridan-to’g’ri horijiy investitsiyalar hisobidan 7,1 mlrd.so’m hamda boshqa manbalar hisobidan 16,1 mlrd.so’m jami 59,3 mlrd.so’m miqdorida kapital mablag’lar o’zlashtirilib, o’tgan yilning mos davriga nisbatan 112,1 foizga o’sishi ta’minlandi.

O’zlashtirilgan kapital mablag’lar hisobiga 29 ta sanoat, 105 ta xizmat ko’rsatish va servis va 60 ta qishloq xo’jaligi, jami 194 ta investitsiya loyihalari ishga tushirildi.

Aholiga zamonaviy va sifatli xizmat ko’rsatish sohasida ham sezilarli ishlar olib borilmoqda. Joriy yil 1-chorak yakuni bilan 105 ta savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shahobchalari foydalanishga topshirildi. Bu ishlarga 8,8 mlrd.so’mdan ortiq kapital mablag’lar sarflandi. Natijada 482 nafar yangi ish o’rinlari yaratildi.

Hisobot davri yakuni bilan 29 ta ishlab chiqarish ob’yektlari foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 7,8 mlrd.so’m (3,8 mlrd.so’m o’z mablag’i, 4,0 mlrd.so’m bank kreditimablag’lari) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 311 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Jumladan, Namangan shahrida 21 ta, Mingbuloq tumanida 2 ta, Pop tumanida 1 ta, Uychi tumanida 3 ta, Uchqo’rg’on tumanida 1 ta va Yangiqo’rg’on tumanida 1 ta ishlab chiqarish loyihalari foydalanishga topshirildi.

Shu bilan birga, qishloq xo’jaligi sohasida hisobot yakuni bilan 60 ta loyihalar to’la amalga oshirilib foydalanishga topshirildi. Ushbu loyihalarda jami 2,8 mlrd.so’m (2,4 mlrd.so’m o’z mablag’lari, 0,4 mlrd.so’m bank krediti) miqdorida investitsiyalar o’zlashtirilib, 172 ta yangi ish o’rinlari yaratildi.

Bundan tashqari, Hududiy investitsiya dasturiga asosan joriy yilda 15 ta loyihalar bo’yicha 17,3 mln.dollar miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb qilinishi ko’zda tutilgan. Xisobot yakuni bilan amalda dastur doirasidagi hamda qo’shimcha loyihalar bilan birgalikda 2,4 mln.doll. miqdorida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar jalb etildi.

Jumladan, CHortoq tumanidagi "Chartak Resorts" MCHJda 2,2 mln.dollar hamda qo’shimcha loyiha hisobiga To’raqo’rg’on tumanidagi " PACKING INDUSTRIES " MCHJda 200,0 ming dollar, jami 2,4 mln.dollar miqdorida to’g’ridan to’g’ri horijiy investitsiyalar o’zlashtirildi.