Namangan viloyati hokimligi o’z faoliyati davomida turli sohalarda yig’ilayotgan ma’lumot nafaqat hokimlik uchun, balki tadbirkorlar va aholining keng qatlamlari uchun ham foydali ekanligiga ishonadi. “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 07 avgustdagi 232-sonli  "Ochiq ma’lumotlar taqdim etilishi hisobga olingan holda internet tarmog’ida O’zbekiston Respublikasining Hukumat saytini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi Qarori talablaridan kelib chiqqan holda Namangan viloyati hokimligi tadbirkorlar va aholining keng qatlamlari uchun muhim ma’lumotlarni ochiq va doimiy ravishda berib borishni maqsad qilgan.

Ochiq ma’lumotlar – internet tarmog’ida ma’lumotlar massivi formatida joylashtirilgan, inson tomonidan oldindan o’zgartirish kiritilmasdan (mashina o’qiydigan) foydalaniladigan va avtomatlashtirilgan tarzda ishlov berilishini ta’minlaydigan hamda erkin (bepul) foydalaniladigan davlat va mahalliy o’zini-o’zi idora qilish organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlardir.

Ochiq ma’lumotlarning e’lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta’minlanadi.

Davlat organlari faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar va axborotlarni ochiq ma’lumotlar ko’rinishida e’lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manba sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik sub’ektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.

Sayt tarkibi va bo’limlari

Sayt quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:

  1. a) asosiy - "Bosh sahifa", "Sayt haqida", "Qayta aloqa", "Yangiliklar". 
  2. b) qo’shimcha -  "Ma’lumotlardan foydalanish shartlari", "Ochiq ma’lumotlar lug’ati", "Boshqarma va tashkilotlar"
  3. a) Asosiy bo’limlar:

"Bosh sahifa" bo’limi

Ushbu bo’lim sayt bosh sahifasi bo’lib u saytning mohiyatini yoritib beruvchi bannerlar va belgilar shaklidagi ma’lumotlar hamda Sayt haqidagi anonslardan iborat yangiliklarni o’z ichiga oladi.

Izlash funktsiyasi saytdagi ma’lumotlarni tezda topish imkonini beradi.

Sayt bosh sahifasidan boshqa sahifalarda joylashgan asosiy ma’lumotlarga kerakli havolalarni bir marta bosish (klik) orqali o’tish mumkin.

"Yangiliklar" bo’limi

Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan yangi ma’lumotlar ushbu bo’limda to’liq tarzda berib boriladi.

b) Qo’shimcha bo’limlar

"Sayt yangiliklari" bo’limi

Ushbu bo’limda yangiliklar anonsi joylashtiriladi. Bir marta bosish (klik) orqali yangiliklarning asosiy sahifasiga o’tiladi hamda tanlangan mavzu bo’yicha to’liq matn ochiladi.

"Boshqarma va tashkilotlar" bo’limi

Mazkur bo’limda ochiq shaklda ma’lumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari ro’yxati keltirilgan.

"Sayt haqida" bo’limi

Mazkur bo’limda foydalanuvchiga saytning xususiyatlari haqida qisqacha ma’lumot beriladi.

"Qayta aloqa" bo’limi

"Qayta aloqa" bo’limi sayt administratoriga xabarlar jo’natish sahifasi hisoblanadi. Jo’natuvchi ushbu sahifada ism, familiya, ye-mail, telefon raqami va manzili kabi barcha zarur aloqa ma’lumotlarni qoldirishi mumkin. Tegishli katakchaga xabaringiz matnini kiritish - har qanday fikr, savol, shikoyat yoki biror bir taklif yuborish mumkin.

"Ma’lumotlardan foydalanish shartlari" bo’limi

Ushbu sahifada ma’lumotlardan foydalanish uchun belgilangan shartlar keltiriladi.