Нашр этиш

 

Namangan viloyatida ayni kunda 8 ta muzeylar faoliyat yuritmoqda.  Shundan,  2 tasi Namangan shahrida joylashgan bo’lib, bular  viloyat “O’lkani o’rganish” hamda viloyat “Xotira va qadrlash” muzeylari hisoblanadi.

Qolgan tumanlardagi muzeylar viloyat hokimininig 2012 yil 15 iyundagi 220-sonli qaroriga asosan Kosonsoy tumani muzeyi, viloyat “O’lkani o’rganish” muzeyiga, Yangiqo’rg’on, Uychi, To’raqo’rg’on, Mingbuloq tumanlari  hamda Chortoq tumani Alixon xalq muzeylari viloyat “Xotira va va qadrlash” muzeyiga filial sifatida faoliyat olib bormoqda.

O’zbekiston Respubltikasi Vazirlar Mahkamasininig 2014 yil 14 avgustdagi 113 sonli bayoni asosida "Respublika muzeylarininig moddiy-texnik bazasini mustaxkamlash va faoliyatini takomillashtirish bo’yicha 2015-2019 yillarga mo’ljallangan Dasturini tasdiqlash to’g’risida”gi xukumat bilan tasdiqlangan Respublika Dasturiga Namangan viloyatidan 13 ta, yangi qurishga 3 ta, mukammal ta’mirlashga 6 ta, mukammal rekonstruktsiya 4 ta muzeylarninig takliflari kiritilgan.                                                

Hozirgi kunda Namangan viloyat o’lkani o’rganish muzeyida 55774 dona, viloyat “Xotira va qadrlash” muzeyida 21710 dona, qolgan tumanlardagi 6 ta muzeylarda 10000 dona jami 90084 donadan ziyod eksponatlar mavjud.

 

 

Shahar va tuman nomi

Muzey nomi

Muzey manzili va  rahbari

Eksponatlar soni

 

1.

Namangan shahrida

Viloyat o’lkani o’rganish muzeyi

 

Namangan shaxri, Nodim Namongoniy ko’chasi 41-uy

Yusupov Ibroxim

55774 dona

 

Viloyat “Xotira va qadrlash” muzeyi

Namangan shaxri, Amir Temur ko’chasi 40-uy

Mirzamaxmudova Faridaxon

21710 dona

 

2.

Kosonsoy tuman

Xalq  muzeyi

Kosonsoy shaxri, Maxdumi A’zam ko’chasi 9-uy

Mamajonov Jamoliddin

2600 dona

 

3.

To’raqo’rg’on tuman

“Xotira va qadrlash”  muzeyi

To’raqo’rg’on tumani Namangan

ko’chasi 9-uy

Pattaev Abdulxodi

2000 dona

 

4.

Yangiqo’rg’on tuman

Xalq muzeyi

Yangiqo’rg’on tumani, Zarkent ko’chasi

Ergasheva Manzura

2000 dona

 

5.

Uychi tuman

Xalq muzeyi

Uychi shaharchasi, Beruniy ko’chasi

Jalilova Maxfuza

2000 dona

 

6.

Mingbuloq tuman

Xalq muzeyi

Mingbuloq tumani, Jomashuy shaharchasi

Matkarimova Nurxon

2000 dona

 

7.

Chortoq tuman

Alixon xalq muzeyi

Chortoq tumani, Alixon mfy

Jo’raev Raxmonjon

2000 dona